Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqlik yoshlar uchun zamonaviy IT markazi ochildi
18:29 / 2022-09-23

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi "Yoshlar" istirohat bog‘ida yangi zamonaviy IT o‘quv markazi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov, hudud faollari va yoshlar qatnashdi.

O‘quv markazida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda o‘quvchilar turli dasturlash uchun kerak bo‘ladigan innovatsion ishlanmalar yaratish, startap loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Markaz hududdagi yuzlab yoshlarga xizmat qiladi. Mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Yoshlar bilan suhbatda sohada amalga oshirilayotgan ilmiy ishlanmalarni o‘rganish, imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida fikr almashildi.

Shundan so‘ng Chirchiq texnoparkida birinchi bo‘lib ish boshlagan “BPO” kompaniyasi faoliyati ham o‘rganildi. Bu yerda xorij tillarini bilgan chirchiqlik yoshlar autsorsing yo‘nalishida yirik buyurtmalarni jalb etish borasida tajriba oshiradi. Muhimi, texnoparkda axborot texnologiyalari sohasida biznesni boshlayotgan tadbirkorlarga qulay sharoit bor.

A.Musayev, O‘zA.