Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqlik ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ehtirom ko‘rsatildi
12:38 / 2022-05-04

Ramazon hayiti va 9 may –Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi mutasaddilari Chirchiq shahrida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Grigoriy Kolosov, Aklima Shayxutdinova hamda Nikolay Kudinovlarning xonadonlarida mehmon bo‘lib, faxriylarni bayram bilan tabrikladi.

Samimiy suhbat davomida o‘tmishning mashaqqatlarini eslagan qahramonlarimiz urush davridagi qiyinchiliklarni, xalqimiz boshidan o‘tkazgan og‘ir kunlarni yoshlarga gapirib berdi. bugungi farahbaxsh kunlarning qadriga yetib, unga munosib bo‘lish kerakligi aytildi. Ezgulik, yaxshilik va halollikni ulug‘lab yashash lozimligi haqida pand-nasihatlar berdi.

Ta’kidlash kerakki, urushda qatnashgan, katta jasorat va matonat ko‘rsatib, bugungi dorilomon kunlar uchun kurashgan otaxon va onaxonlarimizni qancha e’zozlasak, ardoqlasak ham kam. Uchrashuvda keksalarga mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.

A. Musayev,

O‘zA