English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqlik 7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi surati topshirildi
21:27 / 2021-03-21

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi davomida Chirchiq shahridagi Iftixor mahallasida yashovchi Aziza Aliqulovaning 7 yoshli o‘g‘li Husanjon Atxamov va qizi Fotima Atxamova bilan suhbatlashib, birgalikda esdalik uchun suratga tushgan edi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov ushbu oila xonadonida mehmon bo‘ldi. Shunday shodiyona kunda ularni bahor ayyomi bilan tabriklab, bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi.  

Viloyat hokimi Prezident nomidan oilaga mebel, Husanjonga esa Prezident Shavkat Mirziyoyev dastxati tushirilgan birgalikdagi fotoportretini taqdim etdi. Shuningdek, bolalarga kompyuter jamlanmasi va sport anjomlari ham sovg‘a qilindi.  

Bunday yuksak e’tibordan Atxamovlar oilasi, ayniqsa, Husanjon juda xursand bo‘ldi.  

Bundan tashqari, Iftixor mahallasida yashovchi yoshlarga ham qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

A. Musayev, O‘zA