English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi o‘rganildi
18:37 / 2023-02-14

Chirchiq shahridagi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida “Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy-ijodiy merosining jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori Shakarboy Janiqulov ochib berdi.

Mamlakatmizda buyuk shoirlarning ijodiy merosini o‘rganish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidladi. Ayniqsa, uning o‘ziga xos she’riyati, o‘sha davr aholisining turmush tarzi, urf-odatlari, hududlarning tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi “Boburnoma” asari yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani aytib o‘tildi.

Mutaxassislar tomonidan qilingan ma’ruzalarda asosiy e’tibor shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

[gallery-10571]

Xalqaro konferensiya 4 ta sho‘’bada o‘z ishini davom ettirdi. Bobur ilmiy-ijodiy merosining milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishidagi o‘rni, jahon adabiyoti tarixida Bobur siymosi, Boburshunoslik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar hamda yosh avlod intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirishda 100 dan ortiq ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar tinglandi.

O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘zbek adabiy merosini dunyo xalqlariga yanada keng yoyish va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

A.Musayev, D.Ernazarov (surat) O‘zA.