English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqda yonib ketgan COBALT – bu mashmasha osonlikcha yakun topmadi
11:53 / 2019-12-02

Buni qarangki, bu muammo shu bilan yakun topmadi. “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ rahbariyati ushbu qarordan norozi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida murojaat qilgan.


Bundan olti oy muqaddam Chirchiq shahrida o‘z-o‘zidan yonib ketgan COBALT avtomashinasi xususida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ma’lumot bergan va bir qancha sa’y-harakatlardan so‘ng iste’molchiga javobgar “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ tomonidan to‘qson yetti million to‘rt yuz to‘qson yetti ming uch yuz sakson so‘m miqdorda kompensatsiya undirilishi to‘g‘risida sud qaroriga erishilgani xususida xabar bergan edi. 

Buni qarangki, bu muammo shu bilan yakun topmadi. “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ rahbariyati ushbu qarordan norozi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida murojaat qilgan. 

2019 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ tomonidan nazorat tartibida berilgan shikoyat ko‘rib chiqildi va quyidagicha ajrim qildi.

“Javobgar “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ rahbarining shikoyati bo‘yicha sud hujjatini nazorat tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar mavjud emas deb topilsin. 

”Bundan tashqari “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJdan davlat daromadiga 3.899. 896 (Uch million sakkiz yuz to‘qson to‘qqiz ming sakkiz yuz to‘qson olti so‘m) davlat boji undirilishi ham sud qarorida keltirib o‘tildi. 

Xulosa o‘rnida esa shunday deymiz, haqiqat har qanday tegirmondan butun chiqadi.