Davlatimiz rahbari tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sportni rivojlantirish vazirligi va Chirchiq shahar bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri tashkil etildi.
Sportni rivojlantirish vazirligi Sport-ta’lim va ilmiy muassasalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i M.Arziqulov, Chirchiq shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori S.Erkayev, deputatlar, kompaniyalar, korxonalar, tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rahbarlari, mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan axborot-vositachilik firmalari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgan tadbirda yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Tadbirda 70 dan ortiq tashkilotlar 200 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Bir nechta talabalar bilan mehnat shartnomalari imzolandi. “Karera kuni” davomida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan sport qurilmalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokam qilindi.
O‘zA