English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqda O‘zbekiston kubogi musobaqalari
14:11 / 2025-08-20

Yurtimizda yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotgani quvonarli hol. Ayniqsa, futbol va tennis kabi sport turlari bolalar orasida nafaqat sog‘lom turmush tarzini shakllantirmoqda, kelajak chempionlari uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Shu ma’noda yosh sportchilar ishtirokidagi turnirlar ularning mahorat va salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda 17–23 avgust kunlari Chirchiq shahrida kichik o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar) o‘rtasida U-14 O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida yosh sportchilar, murabbiylar hamda sport ixlosmandlari ishtirok etishdi. Turnir davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan jamoalar o‘zaro bellashib, g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.  

Nigora Rahmonova, O‘zA