FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og‘ir atletika bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo ochiq chempionati start oldi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga omad tiladi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar uchun kichik konsert dasturi ham havola etildi.
[gallery-12449]
Musobaqaning birinchi kunida qizlar 45 va 49, o‘g‘il bolalar 49 va 55 kilogramm og‘irlikdagi vazn toifasida bellashuvlarga kirishdi.
Markaziy Osiyo ochiq chempionatining ilk kunida yosh sportchilarimiz Munisa Odilova (bronza), Miraziz Mirsobirov (oltin), Diyor Odilov (kumush)lar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Og‘ir atletikachilar bellashuvi 24 iyunga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA