French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqda mahalla tizimidagi ishlar sarhisob qilindi
19:45 / 2022-02-12

Chirchiq davlat pedagogika institutining majlislar zalida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar, joriy yilgi vazifalar va uning ijrosiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Fondning Toshkent viloyat bo‘limi boshqaruvi xodimlari, viloyatning barcha tuman va shahar bo‘limi raislari hamda jurnalistlar ishtirok etgan yig‘ilishda "Mahalla" xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati boshqaruvi raisi Dilshod Shoismanov tizimda olib borilayotgan ishlarning o‘tgan yilgi sarhisobi bo‘yicha hisobot taqdim etdi. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ijro intizomi, fond huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan  ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar uchun ko‘rsatilgan yordam va ko‘maklar xususidagi masalalar keng tahlil qilindi.

Anjuman davomida tizimda mehnat qilayotgan bir guruh faol xodimlar esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Uning yakunida fondning Chirchiq shahar bo‘limi va "Adolat" sotsial demokratik partiyasining shahar kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Chirchiqdagi 19-sonli "Shodlik" mahalla fuqarolar yig‘iniga o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblar sovg‘a qilindi.

O‘tkir Tojiboyev, "Mahalla" xayriya jamoat fondi 
Chirchiq shahar bo‘linmai raisi, 
"Adolat" SDP Chirchiq shahar kengashi deputati.
O‘zA.