Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqda harbiylar oilasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
10:11 / 2023-03-01

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi shifokorlari tomonidan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kasallik aniqlangan fuqarolarga mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar, statsionar va ambulator sharoitda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.  

Jumladan, zamonaviy diagnostika va davolash-tibbiyot uskunalaridan foydalangan holda 66 nafar tug‘ish yoshidagi ayolga, 44 nafar bolaga, 3 nafari o‘smirga, jami 113 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila a’zosiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.  

[gallery-10748]

Shuningdek, harbiylar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar ham o‘tkazildi. Suhbat davomida “Reproduktiv salomatlik haqida”, “OIV/OITS – haqida”, “Sog‘lom turmush tarzi haqida”, “Yod tanqisligi kasalliklari” kabi mavzularida zarur ma’lumotlar berildi.  

 

A.Musayev, D.Ernazarov.O‘zA.(surat)