Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqda 1000 nafarga yaqin o‘quvchi o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi
20:12 / 2022-03-29

Chirchiqda maktablar o‘rtasida “Institut olimpiadasi” tanlovi o‘tkazildi. Unda 23 ta umumta’lim maktablaridan o‘quvchilar ona tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha bellashdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 24 nafar, 2-o‘rinni 44 nafar, 3-o‘rinni 42 nafar o‘quvchi egallagan. Olimpiadada shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablaridan 7-8-9 sinf o‘quvchilarining 1000 nafariga yaqini ishtirok etdi. G‘oliblar diplom, esdalik sovg‘a va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, olimpiada Chirchiq davlat pedagogika instituti, institut akademik litseyi, hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan.

O‘zA