Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiq shahrida yangi qilichbozlik binosi foydalanishga topshirildi
17:15 / 2019-01-14

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan barpo etilgan mazkur sport zalining ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.


Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan barpo etilgan mazkur sport zalining ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

photo5323272592712378758.jpg

Mamlakatimizda sport, Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy olgan qilichbozlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida ommalashtirish, ushbu sport turining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirib kelinayotgan tizimli ishlar yuksak samaralar berayotgani taʼkidlandi.

Soʻnggi yillarda bu borada Toshkent, Andijon, Nukus, Samarqand, Jizzax Guliston va boshqa qator shaharlarda yangi qilichbozlik sport zallari foydalanishga topshirilgani alohida qayd etildi.

photo5325521815545686539.jpg

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan 80 oʻringa moʻljallangan mazkur sport majmuasida mashgʻulotlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, zamonaviy 2 ta qilichbozlik yoʻlakchasi, elektrofiksator va xalqaro talablarga javob beradigan sport jihozlari bilan taʼminlangan. Murabbiylar xonasi, yuvinish, kiyim almashtirish xonalarida ham barcha qulayliklar yaratilgan.

Ayni paytga qadar Chirchiq shahri va unga qoʻshni boʻlgan Boʻstonliq tumanidan koʻplab qilichboz sportchi yoshlar mashgʻulotlarga poytaxtga qatnagan. Endilikda ushbu hududdagi 10 ga yaqin mazkur sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari, shuningdek, havaskor qilichboz sportchilar Chirchiq shahrida mashgʻulot olib borishlariga imkoniyat yaratildi.