Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chirchiq” poligonida umumarmiya o‘yinlariga start berildi
18:57 / 2021-08-16

16 avgust kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Men g‘olib!” shiori ostida armiya o‘yinlariga start berildi.

Musobaqalarning tantanali ochilish marosimlaridan biri Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlarining “Chirchiq” poligonida bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati va harbiy okruglar boshqaruv apparati mas’ul ofitserlari, mutaxassis harbiy xizmatchilar, shuningdek, Qurolli Kuchlar faxriylari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda milliy armiyamiz har jihatdan kuchga to‘lib borayotganini alohida e’tirof etib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng musobaqa ishtirokchilari va mehmonlar uchun konsert dasturi namoyish etildi. Unda Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy orkestri jamoasi va Toshkent harbiy okrugi Ma’naviyat va ma’rifat markazi xonandalari o‘zlarining kuy va qo‘shiqlari bilan musoboqa ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Konsert dasturi tugagach, barcha ishtirokchi jamoalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadigan joylarga yo‘l oldilar. Ayni paytda harbiy jamoalar musobaqa doirasidagi “Tank va jangovar mashinalar biatloni”, “Ishonchli qabul” va “Qo‘shin razvedkachisi a’lochisi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bahslarga kirishishgan.

Musobaqalar 21 avgust kuniga qadar davom etadi.

Muhammadjon Xo‘jayev,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar departamenti xodimi.

O‘zA