Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindisiz teatr haqida eshitganmisiz?
12:26 / 2023-08-18

Buyuk Britaniyaning birinchi chiqindisiz teatri – “Greenhouse” san’at orqali iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xabardorlikni oshirishga qaratilgan maskan hisoblanadi.

Londonda butunlay qayta ishlangan materiallardan barpo etilgan teatr tomoshabinlarni san’atga ham ijodiy, ham ekologik nuqtai nazardan yondashishga chaqiradi.

Bino tomini tiklashda quyosh nuridan unumli foydalanish orqali energiya sarfini imkon darajasida kamaytirish imkonini beruvchi materiallar ishlatilgan. Hudud to‘liq maysa bilan qoplangan. Sahna dekoratsiyasi va liboslarni sotib olish mumkin. Qolaversa, foydalanishga yaroqli buyumlar muhtoj kishilarga yoki jamoalarga tarqatiladi.

Teatr, asosan, yozda faoliyat ko‘rsatadi. Masalan, joriy yil tomoshabinlar uchun 16 ta spektakl namoyish qilinyapti.

– San’at bizga iqlim, harorat qanday o‘zgarishini, tropik o‘rmonda yuz beradigan yog‘ingarchilik miqdori qancha bo‘lshini aytmasligi mumkin, biroq tabiatga, atrof-muhitga munosabatni o‘zgartirishimizga yordam beradi, – deydi “Greenhouse” asoschisi va badiiy rahbari Olli Sevij.

O‘zA