French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindilarni tashish uchun yangi texnikalar
12:14 / 2025-09-26

Millionli shahar maqomiga yaqinlashib borayotgan Namangan shahrining aholi yashaydigan, piyodalar gavjum bo‘ladigan aksariyat ko‘chalari torligi sababli mahallalar hududi ichiga va ko‘p qavatli uylar orasidagi yo‘llarga katta mashinalar kirishi muammo hisoblanadi.

Mazkur dolzarb masalani ijobiy hal etish, xizmat sifatini yaxshilash maqsadida respublika Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish respublika agentligi tomonidan lizing asosida viloyat markazida faoliyat yuritayotgan “Musaffo iqlim” mas’uliyati cheklangan jamiyatga olti dona zamonaviy, 1,5 tonnagacha maishiy chiqindi yig‘ish-tashishga moslashtirilgan innovatsion texnika – maxsus elektromototsikl topshirildi.

Kelgusida bosqichma-bosqich shunday ixcham transportdan yana 15 dona xarid qilish rejalashtirilgan. Ushbu xayrli tashabbus ekologik barqarorlikni ta’minlashga, Namangan shahrini namunali yashil va obod maskanga aylantirish, doimo toza hamda qulay muhit yaratilishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.