Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketmaslik holatlari mavjud
17:47 / 2025-09-20

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunning ijrosini Samarqand va Sirdaryo viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, deputatlar o‘rganishlar davomida Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida sanitar tozalash korxonalari faoliyati, davlat–xususiy sheriklik asosida yangi loyihalarni joriy etishda zamonaviy texnikalar, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish holati bilan tanishdi. Xususan, xizmat ko‘rsatuvchi mashinalarga masofadan kuzatish imkonini beruvchi GPS-trekkerlar o‘rnatilgani, maishiy chiqindilar noqonuniy tashlanishining oldini olish maqsadida maxsus videokameralar joylashtirilgani alohida qayd etildi.

Nazorat-tahlil tadbirlari jarayonida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha grafikka amal qilmaslik holatlari mavjudligi, ayrim chiqindixonalarda chiqindilarni joylashtirish ekologik talablarga to‘liq javob bermayotgani kabi muammolar ham aniqlangan.

Shuningdek, poligonlarni yopish va rekultivatsiya qilish masalalari belgilangan muddatlardan kechikayotgani, sanitar tozalash tashkilotlariga tegishli maxsus texnikalarning bir qismi nosoz holatda ekani aniqlandi.  

Bu kabi masalalar deputatlarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Xalq vakillari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berdilar.  

M.Komilova,

O‘zA