Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindilar ko‘proq qayta ishlanib, kamroq ko‘miladi
09:52 / 2022-08-06

Butun dunyoda chiqindilarning inson hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararining oldini olishga qaratilgan katta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yiliga dunyo bo‘ylab 2 milliarddan ortiq qattiq maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Natijasida kamida 33 foizi ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lmagan usullar bilan qayta ishlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha kishi boshiga kunlik to‘g‘ri keladigan maishiy chiqindi 0,74 kg-ni tashkil etar ekan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan sanitar tozalash tashkilotlari tasarrufida mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarida qayta xatlov o‘tkazilib, bugungi kunda sanitar va ekologik talablarga zid ravishda tashkil etilgan, to‘lib qolgan poligonlar ro‘yxati shakllantirildi.

[gallery-8178]

Jumladan, Xorazm viloyati Urganch tumani G‘aybu qishlog‘i hududida 1982 yilda ishga tushirilgan aholi yashash manzillari hamda suv ob’ektlariga yaqin joylashgan, maydoni 15 gektarni tashkil etuvchi poligonda joriy tekislash va rekultivatsiya ishlari amalga oshirildi.

Poligonni maishiy chiqindilarni umumiy qabul qilib olish quvvati 900ming tonna bo‘lib, bugungi kunda poligonga 1 mln. tonna chiqindi joylashtirilgan. Poligonga joylashtirilgan chiqindilarning balandligi 20-30metrni tashkil etmoqda.

Xorazm viloyati «Toza hudud» DUKning 20 ta, «Urganch avto eko trans» MCHJning 6 ta va boshqa tashkilotlardan qo‘shimcha 22 ta jami 48 ta maxsus texnika vositalari hamda 100 ga yaqin mutaxassis va ishchi xodimlar jalb qilinib, chiqindilarning atrof-muhitga tarqalishini oldini olish uchun tekislash, surish va ko‘mish ishlari amalga oshirildi.

Buxoro viloyati Buxoro tumani «Qozi Said» qishlog‘i hududida 1971 yilda ishga tushirilgan aholi yashash manzillariga yaqin joylashgan, maydoni 23,7 gektarni tashkil etuvchi poligonda joriy tekislash va rekultivatsiya ishlarini tashkil etish belgilab olindi.

Ushbu poligonga «Maxsusavtoxo‘jalik» MCHJ tomonidan Buxoro shahrida yashovchi aholi va yuridik tashkilotlardan hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilar joylashtirib kelingan. Poligonning maishiy chiqindilarni umumiy qabul qilib olish quvvati 2,5 mln. tonna bo‘lib, bugungi kunda poligonga 5,0 mln. tonna chiqindi joylashtirilgan.

bugungi kunda poligon hududidagi chiqindilarni tuproq bilan ko‘mish ishlari tugatilib, jami 23,7 gektar maydon tekislanib, 102 000 m3 tuproq bilan ko‘mildi. Ushbu tadbirlar davomida 43 696 litr dizel, 17 955 m3 gaz yoqilg‘isi sarflandi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Xalqobod» qishlog‘i hududidagi maydon  2017 yilda foydalanishga tushirilgan, aholi yashash manzillariga yaqin joylashgan bo‘lib, 37 gektarni tashkil etadi. Ushbu poligonga Toshkent viloyati «Toza hudud» DUKning Yangiyo‘l va Zangiota tumanlari filiallari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi sanitar tozalashga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilar joylashtirib kelingan.

bugungi kunda poligonga 1,7 mln. tonna chiqindi joylashtirilgan bo‘lib, ularning balandligi 3-4 metrni tashkil etadi.

Joriy yilning 13 iyun kunidan 8 iyul kuniga qadar, Toshkent viloyati «Toza hudud» DUKning 20 ta va boshqa tashkilotlardan qo‘shimcha 7 ta, jami 27 ta maxsus texnika hamda 40 ga yaqin mutaxassis va ishchi xodimlar jalb qilinib, chiqindilarni atrof-muhitga tarqalishining oldini olish uchun tekislash, surish hamda tuproq bilan ko‘mish ishlari amalga oshirildi.

bugungi kunda poligon hududidagi chiqindilarni tuproq bilan ko‘mish ishlari tugatilib, jami 37 gektar maydon tekislanib, 11 300 m3 tuproq bilan ko‘mildi.

Toshkent tumani «Oqtom» MFY hududida joylashgan maishiy chiqindi poligonida joriy yilning mart oyida Toshkent viloyati «Toza hudud» DUKning 5 ta maxsus texnikasi hamda 10 ga yaqin mutaxassis va ishchi xodimlari jalb qilinib, chiqindilarni atrof-muhitga tarqalishining oldini olish uchun tekislash, surish hamda tuproq bilan ko‘mish ishlari amalga oshirildi.

bugungi kunda poligon hududidagi mavjud 43,1 ming tonna chiqindilarni tuproq bilan ko‘mish ishlari tugatilib, jami 6 gektar maydon tekislanib, 1 100 m3 tuproq bilan ko‘mildi.

Shuning bilan birgalikda, joriy yil mart oyida Toshkent viloyati Qibray tumani «Tuzel» qishlog‘idan aholi punktidan 2-3 km. uzoqlikda joylashgan qarovsiz bo‘lgan 20,6 gektar yer maydoni qurilish chiqindilarini qayta ishlash yuzasidan «Bio Eko Servis» MCHJga biriktirilib, korxona tomonidan zamonaviy qurilish chiqindi poligoni qurildi, maxsus texnika vositalari, chiqindilarni saralash va ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish uskunalari xarid qilinib, 9 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Hozirda qurilish chiqindi poligonida mavjud 172,1 ming tonna chiqindilarning 112,9 ming tonnasi qayta ishlashga yo‘naltirilgan 543 ta chiqindi yig‘ish maydonchalarining kadastr hujjatlari ishlab chiqildi. 22 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlari rekultivatsiya qilinib, shundan 7 ta maishiy chiqindi poligoni yopildi va belgilangan tartibda mahalliy hokimlik yer zaxiralari maydoniga qaytarildi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasi doirasida 144 ta chiqindi tashuvchi texnika hamda 6 000 ta konteyner xaridi bo‘yicha e’lon qilingan tenderda g‘olib tashkilotlar bilan shartnoma imzolandi.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, Toshkent shahrida shu yilning 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tgan «Toshkent xalqaro investitsiya forumida» O‘zbekiston Respublikasi hukumati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish» loyihalari doirasida umumiy qiymati 120,0 mln. AQSH doll. bo‘lgan kredit shartnomasi imzolandi.

Koreya Respublikasining “KEITI” kompaniyasi ishtirokida «Jizzax viloyatida mavjud poligonlarni yopish yangi zamonaviy poligonlar qurish, moddiy texnik bazasini mustahkamlash» loyihasi doirasida 98,4 mln. AQSH dollari (grant 8,4 AQSH dollari, kredit 90,0 AQSH dollari) miqdoridagi mablag‘lari hisobiga Jizzax viloyatida chiqindilar poligonida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan (metandan) elektr energiyasi ishlab chiqaradigan uskuna o‘rnatish, tibbiyot chiqindilarni yoqish usuli bilan yo‘q qilish uskunasi, mavjud poligonlarni yopish yangi zamonaviy poligonlar qurish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar va konteynerlar xarid qilish rejalashtirilgan.

bugungi kunda, Sh.Rashidov tumanida maishiy chiqindilarni qayta ishlash loyihasi doirasida 8,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant loyihasi konsepsiyasi) ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Koreya Respublikasi hukumatiga kiritildi.

Bundan tashqari, xorijiy hamkor “EDCF” fondi hamda “KEITI” ishtirokidagi 90,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA