Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindilar hududdan necha kunda olib chiqib ketiladi?
14:19 / 2023-10-06

O‘zAda yangi rukn: Iste’molchidan savol

O‘zA saytida tashkil etilgan yangi rukn orqali iste’molchilarning savollariga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ul xodimlarining javoblari berib boriladi.

Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi Oyjamol Sulaymonova yo‘llagan, “Chiqindi mashinalari asosan qanday chiqindilarni olib ketadi va ularning kelib-ketish tartibi qanday?" mazmunidagi savoliga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Avaz Ummatov quyidagicha javob berdi.

– Chiqindi mashinalari qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilib, hududdan tashib ketadi. Qattiq maishiy chiqindilar – jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi organik va noorganik chiqindilar. Shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish ob’ektlarida tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilardir. Bunga oziq-ovqat va o‘simlik chiqindilari, to‘qimachilik mahsulotlari, o‘rash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, yog‘och chiqindilari, o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, qattiq yoqilg‘ida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bug‘ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar kiradi.

Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning cheklangan muddati o‘tib ketmasligi lozim.

Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to‘plash shoxobchalaridan bir kunda bir marotaba, yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida uch kunda bir marotabani tashkil qiladi.

N.Rahmonova, O‘zA