Chiqindiga daromad manbai sifatida qarash lozim
Sirdaryoda viloyati Guliston shahrining "Yangi hayot" mahallasida chiqindilarni saralab yig‘ish aksiyasi o‘tkazildi. 30 mart –Xalqaro chiqindisiz kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir hududlarni toza-ozodaligini ta’minlashga, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, endi chiqindilarga chiqindi deb emas, daromad manbai deb qarash lozim. Ularni saralash va qayta ishlash orqali turli xo‘jalik mollari, yelim idishlar va qog‘ozlar ishlab chiqarish mumkin. Ishtirokchilar tomonidan kun davomida mahalla hududida joylashgan Guliston dehqon bozori atrofi chiqindilardan tozalandi.



Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmatining qayd etishicha, aksiya doirasida viloyat bo‘yicha 37 tonnaga yaqin chiqindilar yig‘ilib, belgilangan tartibda utilizatsiya qilindi.
Sh. Suyarov,
O‘zA