French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindidan xoli Osiyo o‘yinlari
17:59 / 2023-09-21

Yana ikki kundan keyin, 23 sentyabr kuni tantanali suratda o‘tkaziladigan XIX Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida pirotexnika vositalaridan foydalanilmaydi.

Mazkur yirik anjuman uglerod chiqindisidan xoli bo‘lishi uchun toza elektr energiyasi va ilg‘or texnologiyadan foydalanish ko‘zda tutilgan, deyiladi tashkiliy qo‘mita xabarida. Xitoy aksariyat bayramlar, jumladan, 2008 yil yozgi Olimpiada, 2022 yil qishki Olimpiya o‘yinlarida mushak va boshqa xil pirotexnik unsurlardan foydalangan. Xanchjou – 2022 bundan mustasno.

Ushbu sport bayramining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, tomoshabinlar, xorijlik mehmonlar, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘llarda, hududlarda yuqori aniqlikda ishlaydigan kamera, lazer-radar va joyni aniqlash tizimi bilan jihozlangan haydovchisiz transport vositalari ishlaydi. Avtobuslar tezligi 50 km/soatdan oshmaydi.

Joylarda suvni qayta ishlash tizimi joriy qilinadi, tomoshabinlar uchun qulay texnologik muhit yaratiladi. – Unutilmas sport va madaniyat tadbiri uyushtirish, tayyorgarlik jarayoniga innovatsion texnologiyani joriy qilish uchun raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liq afzalliklardan to‘liq foydalanildi, – deydi “Xanchjou – 2022” ijrochi bosh kotibi Chen Veysyan.

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA