French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi (+video)
10:56 / 2026-01-10

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 100 foizga, qayta ishlash darajasini 65 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga kuydiriladigan chiqindilar ulushini 35 foizga yetkazish, maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish belgilangan bo‘lib, bu boradagi ishlar shu yilning bahor oyida yanada jadallashdi. Gap shundaki davlatimiz rahbarining 2025 yil mart oyida qabul qilgan qarori bilan Xitoy kompaniyalari ishtirokida chiqndilardan elektr energiya ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. 
Mazkur loyihalarning borishi va qilingan ishlar bo‘yicha Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bosh mutaxassisi O‘rinboy Ma’murov bilan suhbatlashdik. 

-Ushbu loyiha qachondan ishga tushadi va bu ekologiya va atrof-muhitga qanchalik naf keltiradi? 

- Hozirgi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi chiqindilarni boshqarishga ham yuksak e’tibor berilmoqda. Buning natijasida shu paytgacha poligonlarda saqlanib kelinayotgan chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, ularni atmosferaga, atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga erishilmoqda. O‘tgan 2025 yilning mart oyida davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlarga muvofiq respublikamizning 6 ta hududida (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) Xitoy Xalq Respublikasining 3 ta kompaniyasi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni yoqish hisobiga elektr energiyasini olish investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar doirasida 933 million AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, loyiha doirasida yiliga 3.6 million tonna maishiy chiqindilar yoqilib, 1.6 mlrd kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. (davomi videoda) 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MKUHoOXhClg" title="Chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov,

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA