O‘zbekiston–Xitoy iqtisodiy munosabatlari eng yuqori darajaga chiqdi, deyish mumkin. Xitoyning O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi o‘rni bir daraja yuqoriga ko‘tarildi va birinchi qatordan joy oldi.
Bunda har ikki davlat rahbarlari imzolagan shartnoma, bitim, kelishuvlar poydevor bo‘ldi. Farg‘ona viloyatidagi qiymati 148 mln.dollar bo‘lgan chiqindini qayta ishlash zavodi ham ana shu hamkorlik investitsion loyihasi asosida bunyod etilmoqda. Uni "China Everbright Group Co., LTD" qurib ishga tushiradi. Shunday qilib, Farg‘onada Xitoyning yana bir korxonasi ro‘yxatdan o‘tdi va shu kunlarda ish boshladi. U kuniga 1500 tonna chiqindilarni qayta ishlaydigan zavod quradi va 45 mGv li ikkita trubina orqali chiqindini elektr quvvatiga aylantiradi. Bu yerda tunu kun qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.


Xitoylik hamkorlar uchta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratadi: qattiq chiqindilarni qayta ishlaydi va uni energiyaga aylantiradi, yashil atrof - muhitni muhofaza qiladi va suvni tozalaydi. Kompaniya dunyoning Germaniya, Polsha, Vetnam kabi qo‘plab mamlakatlarida shu kabi zavodlar qurib ishlatib kelmoqda.

Farg‘ona viloyatidagi loyiha 10 gektar maydonni egallaydi. Uning tarkibiga kuniga 750 tonnadan 2 dona bug‘ trubinasiga ulangan 1 dona 45 megaVattli ginerator kiradi. Qurilish muddati esa 24 oy etib belgilangan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hld6r51iK9Y" title="Chiqindidan elektr energiya ishlab chiqariladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov(video, surat), O‘zA