Chiqindi yig‘ish endi sportga aylandi
Yaponiyada chiqindi yig‘ishga asoslangan sport turi — “spogomi” endi dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda.
Spogomi 2008 yilda rasmiy sport turi sifatida ro‘yxatga olingan.
Musobaqalar uch kishilik jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga belgilangan hududda chiqindilarni yig‘ish uchun 45 daqiqa, ularni saralash uchun esa 20 daqiqa vaqt beriladi. Qoidalarga ko‘ra, yugurish mumkin emas va jamoa a’zolari doimo birga harakatlanishi kerak. G‘alaba to‘plangan chiqindilarning turi va miqdori asosida aniqlanadi, atrof-muhitga ko‘proq zarar yetkazuvchi chiqindilar esa yuqori ball bilan baholanadi. Spogomi ekologiyani asrash va sportni birlashtirgan noodatiy yo‘nalish sifatida turli yoshdagi insonlarni o‘ziga jalb qilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sDq8P3cnG2o" title="Chiqindi yig`ish endi sportga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA