Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindi saqlash infratuzilmasi kengaytirilmoqda
17:06 / 2025-11-28

Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan muhim investitsion loyihalardan biri 2 va 7-gidrometallurgiya zavodining chiqindilarini birgalikda saqlash uchun 2-gidrometallurgiya zavodi chiqindi saqlash omborini kengaytirish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan.

Mazkur loyiha doirasida 2032 yilgacha ushbu zavodlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni birgalikda saqlash uchun yangi maydonlar barpo etilmoqda. Loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari Zarafshon qurilish boshqarmasi tomonidan jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

– Bugungi kunda mazkur investitsion loyiha doirasida 2-gidrometallurgiya zavodining birinchi va ikkinchi chiqindi saqlash omborlarida to‘g‘onlarni turli balandliklarga ko‘tarish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Markaziy kon boshqarmasi Qurilish bo‘limi boshlig‘i Xurshid Oydinov. – Hozirgi vaqtga qadar uzunligi 12 kilometrdan ortiq  quvurlar tortilib, 75 ta kompensator, turli o‘lchamdagi 60 tadan ortiq zulfinlar montaj qilindi. Loyiha uchun kerakli asbob-uskunalar kombinatning Navoiy mashinasozlik zavodi, Markaziy kon boshqarmasining Zarafshon ta’mirlash mexanika zavodi hamda “Toshkent quvur zavodi” MCHJ tomonidan tayyorlanib, yetkazib berilmoqda.

Ushbu investitsion loyihaning amalga oshirilishi kombinat korxonalarining texnogen chiqindilarini xavfsiz saqlanishini ta’minlaydi.

Aziza Irisova,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinatida” AJ 

Markaziy kon boshqarmasi muxbiri.

O‘zA