English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindi poligonlari atrofida “yashil belbog‘” barpo etiladi
18:24 / 2024-10-21

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

“Toshkent-Ohangaron” xalqaro avtomobil yo‘lining 53 kilometrlik qismida 840 mingta daraxt ekilgani o‘ziga xos tajriba bo‘ldi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga viloyat hokimliklari bilan birga bu tajribani joriy yilda 13 ta xalqaro avtomobil yo‘llarida amalga oshirib, 9 million tup ko‘chat ekish topshirildi. Yana 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari yoqasi daraxt ekish uchun 10 ming nafar fuqaro va tadbirkorlarga bo‘lib beriladi.

Samarqand-Qarshi temir yo‘lining 145 kilometr, Toshkent-Samarqand temir yo‘lining 150 kilometr qismida kuz mavsumida 1 million tupdan ko‘chat ekishni tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Ekologiya vazirligiga chiqindi poligonlari atrofida 167 ming daraxtni parvarishlab, “yashil belbog‘” barpo etish topshirildi. 

Dala chetlarida 21 million tup terak, tut va uzum ekish, tarmoq korxonalarida 5 million ko‘chat ekib, “yashil belbog‘” barpo qilish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zA