Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chipta olib aliment sabab Rossiyaga borolmagan fuqaro masalasi hal etildi
15:56 / 2021-06-11

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Jumladan, murojaatlardan biri Samarqand shahrida yashovchi fuqaro M.Samadov tomonidan yuborilgan. Iste’molchi «OOO Doston Servis Plyus» MCHJning aviachipta sotish shoxobchasidan o‘g‘li A.Samadovning Rossiyaga borishi uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘mga aviachipta sotib olgan, ammo, fuqaro A.Samadovga aeroportda aliment to‘lovlaridan qarzdorlik mavjudligi sabab uchishga ruxsat berilmagan. Boisi shundaki, fuqaro A.Samadovga aliment to‘lovlaridan qarzdorlik mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan o‘z vaqtida ogohlantirilmagan.

Fuqaro chipta uchun to‘langan 10 000 000 (o‘n million) so‘m mablag‘ni qaytarishni so‘rab «OOO Doston Servis Plyus» MCHJga bir necha marotaba murojaat qilishiga qaramay puli qaytarib berilmagan.

Mazkur murojaatlar o‘rganilishi natijasida iste’molchilar foydasiga 21 539 000 (yigirma bir million besh yuz o‘ttiz to‘qqiz ming) so‘m mablag‘ undirilishiga erishildi.

YANA BIR HOLAT...

Kosonsoy tumani, Chindovul qishlog‘ida yashovchi fuqaro T.A  xarid qilgan shiferlari sifatsiz, singan holatda bo‘lganligini va sotuvchi tomonidan yangisiga almashtirib berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat etgan. Murojaat Federatsiya tomonidan o‘rganilib, muammoga yechim topildi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi yana bir murojaatchi Chortoq tumanida joylashgan “ABDURAXMON AYUBXON GROUP” XKdan «Namangan-Xabarovsk» yo‘nalishi bo‘yicha bekor qilingan aviachiptasining pullari qaytarilmaganligini ma’lum qilgan.  

Shu va boshqa murojaatlar o‘rganilishi natijasida iste’molchilar huquqlari himoya qilindi.

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati