Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chinozda ekstremistik oqim a’zolari ushlandi
18:40 / 2021-08-17

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Chinoz tumanida “jihodchilar” ekstremistik oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi.

Viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, Zangiota tumanida shu kabi holat aniqlangan edi.

Hozirda ushbu tadbir IIBB va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatning barcha shahar-tumanlari kesimida davom ettirilmoqda. Jumladan, kuni kecha Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat IIBB tomonidan Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan “jihodchilar” oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi.

Surishiruv davomida ushbu shaxslar "jihod" maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ta’kidlash joiz, “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilikni jilovlash va tergov organlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxslarni aniqlash hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar belgilab olingan.

A.Musayev,O‘zA.