Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chinozda 5 ming tonnalik yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqdi
13:38 / 2020-11-26

Taxminan 30 daqiqa oldin Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi.

Bir necha daqiqada yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Ayni daqiqalarda Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari sisternada kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etmoqdalar.

Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligining to‘liq nazorati ostida. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni to‘liq bartaraf etish uchun taxminan 1 soat vaqt ketadi. Ayni vaqtda qurbonlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.