Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chinozda 10 dan ortiq korxona faoliyat boshladi
18:36 / 2019-08-29

Toshkent viloyati Chinoz tumanida 10 dan ortiq korxona va ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi.


Toshkent viloyati Chinoz tumanida 10 dan ortiq korxona va ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi. 

Davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi yurtimiz boʻylab keng tantana qilinayotgan shu kunlarda mazkur ishlab chiqarish quvvatlari va binolarning foydalanishga topshirilishi chinozliklarga munosib bayram tuhfasi boʻldi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan maʼlum qilishicha, 510 ming dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etish orqali “Peng Sheng shoes salita” qoʻshma korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur korxona charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, korxona tomonidan yiliga 300 ming juft poyabzal ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 40 nafar yoshlar korxonaning ish faoliyatini oʻrgatish maqsadida qisqa kursda oʻqiyapti. Korxonada dastlabki bosqichda 40, toʻliq quvvat bilan ish boshlangach 100 ta ish oʻrni yaratiladi. 

Tumanda faoliyat boshlagan korxonalardan yana biri – “Business nasl chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyati. Loyiha qiymati 500 ming dollar, 500 million soʻm boʻlgan yangi gidroponika (zamonaviy issiqxona majmuasi) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xususan eksportbop pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan boʻlib, kelgusida yana bir necha istiqbolli loyihalar boʻyicha ish olib borish rejalashtirilmoqda. Mazkur jamiyat ish boshlashi bilan 22 nafar chinozliklar doimiy ish bilan taʼminlandi. 

Makaron mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Ashraf Ramazan” qoʻshma korxonasi ham shu kunlarda faoliyat boshladi. Loyiha qiymati 1 million 684 ming dollar boʻlgan mazkur korxona mahsulotlarining asosiy qismi eksport qilinishi rejalashtirilgan. Bu borada Afgʻoniston islom respublikasiga ming tonna mahsulot eksport qilish boʻyicha shartnoma tuzilgan. Korxona faoliyati yoʻlga qoʻyilishi hisobiga 60 ta ish oʻrni yaratildi. 

Eksport oʻrnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Parmacom Medicine” MCHJ faoliyati yoʻlga qoʻyilishi bilan 35 nafar chinozliklar doimiy ish bilan taʼminlandi. Loyiha qiymati 2,5 milliard soʻm boʻlgan mazkur MCHJ tomonidan yiliga 5 million dona mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. 

Maʼlumotlarga koʻra, tumanda mustaqillik bayramiga qadar yana bir qator yangi ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshiriladi.