Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chinoz – Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman bo‘ladi
14:15 / 2026-02-05

Qaror va ijro

Oxirgi yillarda aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay muhit yaratish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. 

Bu borada, Prezidentimizning 2025 yil 8 oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham aynan shu jarayonlarda muhim dasturulamal vazifasini bajarmoqda. 

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi Bo‘ka, Chinoz tumanlari, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlariga “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi beriladigan bo‘ldi. Mazkur istiqbolli loyihalar bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chinoz tumani markazida rejalashtirilgan hamda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Xususan, ko‘p qavatli turar joy binolarini zamonaviylashtirish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish, madaniyat va sport infratuzilmasini yangilash, “Yoshlar bog‘i”ni rekonstruksiya qilish, shuningdek, 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatadigan ko‘chani tashkil etish loyihalarining holati o‘rganildi. 

Shu bilan birga, bozor hududlarini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan loyihalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Sanoat va servis sohalariga oid loyihalarning tuman iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi bandligini oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. 

Viloyat hokimi mazkur loyihalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirib, har bir ishni belgilangan muddatlarda, yuqori sifatda amalga oshirish, shuningdek, aholi uchun qulay va zamonaviy shahar muhitini shakllantirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. 

A.Musayev, O‘zA.