English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chinortepaga fotosayohat
16:43 / 2025-05-26

Bu joy tarix sirlarini o‘z bag‘rida yashirib yotibdi. Har bir noyob topilma uzoq o‘tmishdan hikoya qiladi. Bu Chinortepa yodgorligidir.

Chinortepa arxeologik yodgorligi Surxondaryo viloyati Uzun tumani Chinor qishlog‘ida, ya’ni Bobotog‘ tog‘ tizmasi va Surxondaryo daryosi oralig‘idagi tepalikda joylashgan. U o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi muhim tarixiy madaniy markaz hisoblanadi. Yillar davomida ko‘plab arxeologlar bu manzilda qidiruv ishlarini olib bordilar.    

Ushbu arxeologik qidiruv natijasida Surxondaryo daryosining sharqiy sohilida Kushon davri aholi punktlari mavjudligi aniqlandi. 2019 yilda arxeologik guruh tomonidan taxminan 350 000 kvadrat metr maydonni egallagan Chinortepa yodgorligi chegaralari belgilab olindi. Qadimiy kulolchilik parchalari, mis tangalar, tosh qurollar va boshqa topilmalar bu joyning yoshini aniqlash uchun muhim ilmiy ma’lumotlar berdi.  

Arxeologik guruh, shuningdek, 2x10 metr o‘lchamda shurf qazishdi. Turli davrga oid madaniy qatlamlar Kushon davridan Mo‘g‘ullar davrigacha bo‘lgan turar-joy maydonining to‘liq ketma-ketligini tasdiqladi. Kushonlar madaniyati qatlamida uch bosqichda qurilgan uylar topildi.  

[gallery-23587]

Ilmiy xulosalarga ko‘ra, Chinortepa yodgorligi 3000 yildan ortiq katta davrni o‘z ichiga oladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA