Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chinni bozor” faoliyati soliq xodimlari nazoratida
20:09 / 2024-02-01

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Zangiota tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda hududda joylashgan “Xo‘jalik mollari va Hunarmandlar savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli savdo nuqtasi, xalq tili bilan aytganda “Chinni bozor”da o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida jami 454 ta savdo do‘koni mavjudligi aniqlanib, tadbirkorlarga onlayn-nazorat kassa mashinasidan foydalanib mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etilishi tushuntirildi. Sababi oxirgi paytlar mazkur tizim samarali tashkil qilingan bo‘lsa ham ko‘p hollarda bunga roiya qilinmayotgani aytib o‘tildi. 

Shuningdek, Zangiota tumani soliq xodimlari tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotga ko‘ra o‘rganishning birinchi kunida 742,6 million so‘m, ikkinchi kuni 805,9 million so‘m savdo tushumlari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur savdo do‘konlarida jami 329 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritadi. Ularning 78 nafari yuridik shaxslar va 251 nafari yakka tartibdagi tadbirkor.

Ayni paytda 201 ta savdo do‘konida 234 nafar fuqaro qonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, xatlov davomida jami 45 nafar fuqaro norasmiy ishlayotgani aniqlandi. Mazkur holatni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar tomonidan jamiyat rahbariga tushuntirish berildi.

A.Musayev,O‘zA.