Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiniqqan xodim samarali xizmat qiladi
16:13 / 2025-09-25

Jizzax viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan muntazam mashg‘ulotlar xodimlarning kasbiy mahorati, ruhiy barqarorligi va jamoaviy muvofiqligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ichki ishlar organlari faoliyati har tomonlama yetuklikni talab etadi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samarasi Vazirlar Mahkamasining 536-sonli qarori va IIV buyruqlarida belgilangan vazifalarning to‘g‘ri va tizimli ijrosi orqali namoyon bo‘lmoqda.

Xususan, haftaning belgilangan kunlarida jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga barcha darajadagi rahbar va xodimlarning jalb etilishi, ularning shaxsiy o‘rnak bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jizzax viloyati YHXB da sambo, yakka kurash, yengil atletika, suzish, kuch ishlatish mashqlari va jamoaviy sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Bunday mashg‘ulotlarda ishtirok etish xodimlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlabgina qolmay, ularning lavozimlari o‘sishi va rag‘batlantirish masalalarida ham muhim mezon sifatida baholanadi.

Tadbirlarga yetarli infratuzilma va sharoit yaratilib, natijalar respublika miqyosidagi musobaqalarda o‘z aksini topmoqda. Bu esa jismoniy tayyorgarlikning xizmat samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jismoniy mashg‘ulotlarning tizimli yo‘lga qo‘yilishi xodimlarning o‘zaro hamjihatligi, intizom va xizmatdagi faolligini oshirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Sabohat Davlatova, 
Jizzax viloyati IIB 
Axborot guruhi mutaxasisi
O‘zA