Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma
18:06 / 2020-12-23

Toshkent Fotosuratlar uyida Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi xalq diplomatiyasi markazi, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya hamda Qirg‘iz madaniy markazi hamkorligida “Chingiz Aytmatov –umuminsoniy qadriyatlar kuychisi” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.

Atoqli yozuvchi, mohir diplomat Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz eli, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo hisoblanadi. 

Mamlakatimizda bu ulug‘ yozuvchining kitoblari kirib bormagan biror xonadonni, uning sof muhabbat tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan qissa va romanlarini o‘qimagan kitobxonni topish qiyin.  

[gallery-556]

Chingiz Aytmatov asarlarini o‘qigan har bir kitobxon hayot, inson, olam, tiriklik haqida olam-olam saboq va hulosa oladi. Uning ijod namunalari o‘quvchi uchun hamisha ma’naviy mayoq vazifasini o‘taydi.

Fotoko‘rgazmada ilk bor namoyish etilgan fotosuratlar Chingiz Aytmatov uy- muzeyi rahbari, adibning o‘g‘li Eldor Aytmatovning oilaviy fotosuratlar to‘plamidan olindi.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan fotosuratlar ulug‘ yozuvchining asarlari kabi tomoshabinga zavq va ma’no beradi. Ularni kuzatarkansiz, atoqli yozuvchining hayot va ijod olamining hali ochilmagan qirralariga sayohat qilgandek bo‘lasiz.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA