Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chinakam ziyo maskani
10:25 / 2023-01-03

FOTOREPORTAJ

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasi yirik ma’naviy resursga ega ko‘rkam ziyo maskanlaridan hisoblanadi. U ko‘p yillardan buyon turli yoshdagi va turli kasbdagi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.  

“Farhod” madaniyat saroyining 3-qavatida joylashgan kutubxona 2 ming kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, bu yerga har kuni o‘rtacha 300 nafar kitobxon tashrif buyuradi. Kutubxonada o‘qish zali va obuna, axborot-bibliografiya, statsionardan tashqari xizmat ko‘rsatish, ma’naviyat va ma’rifat, bolalar hamda adabiyotlarni sotib olish va qayta ishlash bo‘limlari mavjud.  

[gallery-10169]

bugungi kunda kutubxona fondidan turli yo‘nalish va mavzulardagi 222 ming nusxadan ziyod kitoblar va 50 dan ortiq davriy nashrlar  joy olgan.  

 

Siroj ASLONOV (surat),O‘zA