English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chimyonda xalqaro kurort maskani barpo etiladi
14:24 / 2023-05-12

Fransiyaning “Montagne et Neige Développement” kompaniyasi Chimyonda gondol va mayatnik tipidagi osma yo‘llar, 11 ta tog‘-chang‘i yo‘laklari, yozgi hamda qishki attraksionlar, shuningdek, 6 ming sayyohga mo‘ljallangan mehmonxona va kottejlardan iborat umummavsumiy dam olish maskani qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishi doirasida “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurort ob’ektlarini qurish bo‘yicha “Bildirsoy – Chimyon –Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi hamda Fransiyaning mazkur kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Maqsad sayyohlik joylari va turli ko‘ngilochar attraksionlar hamda osma yo‘llarga ega yangi turistik majmualarni qurish orqali hududning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirishdir.  

Bundan tashqari, bu sa’y-harakatlar Toshkent viloyatining turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatimizning tog‘li hududlarida ommaviy sportni rag‘batlantirish uchun sharoitlar yaratish va yangi ish o‘rinlari tashkil qilishga xizmat qiladi. Natijada yiliga 3,1 million kishiga xizmat ko‘rsatadigan xalqaro umummavsumiy kurort tashkil etiladi, 451 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.  

A.Musayev, O‘zA