Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chimyon tog‘larida qish tarovati
10:09 / 2026-02-11

FOTOREPORTAJ

Chimyon tog‘lari qish faslida o‘ziga xos sehrli olamga aylanadi. Bu mavsumda osmon bilan yer go‘yo bir-biriga tutashib ketgandek manzara kasb etadi. Qalin qor bilan qoplangan cho‘qqilar tabiatga alohida tarovat bag‘ishlaydi. Qor parchalarining quyosh nurida yaltirab, tog‘ manzaralariga sehrli tus berishi qishning betakror go‘zalligini namoyon etadi.

Har bir qadam ostida g‘ichirlagan qor sasi, tiniq osmon va sof havo qishning haqiqiy nafasini his ettiradi. Bu manzaralar insonni nafaqat dam olishga, balki tabiat bilan yakdil bo‘lishga chorlaydi.

[gallery-27588]

Chimyon qish faslida ham hayotga to‘la. Chang‘i uchayotganlar, sayr qilayotgan sayyohlar hamda sukunat va xotirjamlikni qadrlaydiganlar uchun u betakror maskan hisoblanadi. Qishki Chimyon — soflik, osoyishtalik va tabiatning buyuk go‘zalligini aks ettiruvchi tirik manzaradir.

Asliddin ALIJONOV (surat), O‘zA