Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chimyon dam olish maskanida plogging aksiyasi o‘tkazildi
16:53 / 2025-04-15

Ozodalik, poklik, atrof-muhit musaffoligini saqlash har bir insonning burchidir. Ayniqsa, atrof tabiatni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish bugun har qachongidan-da dolzarb ahamiyatga ega.

15 aprel – Xalqaro ekologik bilimlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkilotlari turli tadbirlar, aksiya va uchrashuvlar tashkil etmoqda. Xususan, partiyaning Toshkent shahar Kengashi, «Maxsustrans» DUK va boshqa tashkilotlar hamkorligida Chimyon dam olish maskanida «Sog‘lom muhit uchun birlashamiz» shiori ostida plogging aksiyasi tashkil etildi. Xalqaro ekologik sana munosabati bilan o‘tkazilgan aksiyada mahalliy Kengash deputatlari, ekofaollar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz miqyosida an’anaga aylanib borayotgan «plogging» hududlarimiz toza-ozodaligini ta’minlashga, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.

Aksiya doirasida dam olish maskani hududidan jami 500 kilogrammga yaqin chiqindi yig‘ilib, maxsus avtomobillar orqali chiqindi yig‘ish poligoniga yuborildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamkorlar va yoshlar Ekopartiya tomonidan taqdirlandi.

M.Komilova, O‘zA