Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chimkentda O‘zbek jang san’ati musobaqasi o‘tkazildi 
10:20 / 2023-04-17

Qozog‘istonning Chimkent shahrida O‘zbek jang san’ati bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi tashkil etildi.

10 dan ortiq davlatdan 800 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik yo‘lida bahs olib borgan jahon kubogi bahslarida yakkalik, jamoaviy yo‘nalishlarda, shuningdek, Temuriylar jang san’ati, Ulug‘bek, Bibixonim mashqlari yo‘nalishida g‘oliblar saralandi.

Musobaqa yakunida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Qozog‘iston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikdan tojikistonlik o‘zbek jang san’ati vakillari joy oldi, deyiladi O‘zbek jang san’ati federatsiyasi xabarida.

T.Ro‘ziyev, O‘zA