Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chimgan Chellenge”: sport targ‘ibotchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
11:46 / 2022-02-18

“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida barcha davlat idoralarida “Sport targ‘ibotchisi” lavozimi tayinlangan. Ularga o‘z tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport targ‘iboti bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilgan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Chimyon” qishlog‘ida an’anaviy “Chimgan Chellenge” xalqaro sport festivali doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar sport targ‘ibotchilarning ish samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzi platformasi tegrasida qilinayotgan ishlar ko‘lamini yana bir bor o‘rganish imkonini bermoqda.

Shu maqsadda, 16 fevral kuni festival dasturiga binoan Bo‘stonliq tumanida sport targ‘ibotchilari uchun o‘quv-seminar tashkillashtirildi.

Unda Turizm va sport vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Zarrina Abdullayeva, Jismoniy tarbiya universiteti kafedra mudiri Nodira Hudayberdiyeva va jurnalist Parviz Fattoyevlar interaktiv o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.

Ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini yanada rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish hamda amalga oshirilgan ishlar bilan o‘rtoqlashish imkonini beruvchi platforma yaratishga kelishib olishdi.

–Festivalning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzi tamoyilida sport targ‘ibotchilarining izchil tajribalarini birlashtirish, aholining keng qatlamini faol jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etish va ommaviy sportni rivojlantirishdan iborat. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat qator mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston aholisining sog‘lom turmush tarziga amal qilish darajasi past ekanligini ko‘rsatdi, – dedi Zarrina Abdullayeva.

T. Ro‘ziyev, O‘zA