Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chimgan challenge-2026”sport targ‘ibotini kuchaytiradi
15:42 / 2026-02-14

Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan sport targ‘ibotchilari ishtirokida an’anaviy “Chimgan challenge-2026” tog‘ festivali bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirga turli tashkilot va muassasalar mas’ul xodimlari jalb etilgan. Ular amaliy tajriba almashish, o‘z sohalarida sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish yo‘llari bilan yaqindan tanishmoqda.

Shu bilan birga, festival doirasida seminar mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan. Unda malakali mutaxassislar tomonidan sportni ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish borasida zamonaviy yondashuvlar va samarali usullar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

Mazkur tadbir doirasida mini futbol, voleybol, stritbol hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllantiriladi. Muhimi, loyiha sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning salohiyatini oshirish, hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu an’anaviy festival joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.

A. Musayev, O‘zA