French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Chimgan challenge-2026" tajriba va mahoratni oshiradi
14:30 / 2026-02-16

Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Chimgan challenge-2026” tog‘ festivali yakunlandi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2021-yil 4-fevraldagi "Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi qaroriga asosan mamlakatimizda qishki ekstremal sport turlarini yanada rivojlantirish belgilangan edi.  

Vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan sport targ‘ibotchilari ishtirokida an’anaviy tarzda o‘tkazilgan mazkur sport tadbirining bu galgisi ham muhim mavzular va qiziqarli taassurotlarga boy bo‘ldi. Xususan, festivalning ikkinchi kunida ishtirokchilar mini futbol, voleybol, stritbol hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha bellashuvlarda salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Shuningdek, sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning salohiyatini oshirish, hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan loyiha davomida ishtirokchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Yakuniy natijalar sarhisob qilinib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Taqdirlash marosimida sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov ishtirok etdi. Umuman olganda, ushbu festival yurtimizda jismoniy tarbiya va sport targ‘ibotini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Musayev, O‘zA