Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chimboylik usta-zargar
14:03 / 2025-12-25

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi Odilboy Tojimurotovni ko‘pchilik mahoratli zargar sifatida yaxshi taniydi. Usta qo‘lida sayqal topgan biri-biridan ko‘rkam va nafis zargarlik taqinchoqlarning xaridori ko‘p.  

Odilboy Tojimurotovning otasi Dariboy Tojimurodov taniqli rassom va haykaltarosh bo‘lgani bois, unda bolalikdan san’atga qiziqish shakllangan. Bu qiziqish uni Toshkent shahrida joylashgan Benkov nomidagi Badiiy rassomlik maktabining “Zargarlik” bo‘limida tahsil olishga undadi. Hozirda usta Jolliboy Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida “Badiiy zargarlik usta-rassomi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarga saboq bermoqda.  

[gallery-26896]

Hunarmand faoliyati davomida qoraqalpoq xalqining yo‘qolib ketish darajasiga kelgan 20 dan ortiq zargarlik buyumlarini qayta tiklashga erishdi. O‘z zargarlik mahsulotlari bilan qator hunarmandchilik ko‘rgazmalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA