Chimboyda yangi maktab qurilishi yakunlanmoqda
Davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida Bojxona qo‘mitasiga alohida dasturga muvofiq hududlarda bittadan umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan Chimboy tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangidan maktab va sport zal qurish ishlari belgilangan edi. Mazkur ob’ektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Hozirgi kunda mazkur maktab va sport zal tayyor holatga keltirilmoqda. Barcha sinfxonalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, o‘quvchilarga bugungi kun talabiga mos sharoitlar yaratiladi. 330 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim maskani yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri