Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chimboy tumaniga 10 million 500 ming dollarlik investitsiya jalb qilinadi
10:10 / 2018-02-21

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida joriy yilda investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida 483 fermer xo‘jaligida 95 gektar maydonga qizil qalampir, 2 ming 935 gektarga qizilmiya ekish rejalashtirilgan.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Abdullayevning ma’lum qilishicha, 2018-2019 yillarda hududga 10 million 500 ming dollarlik investitsiya jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu 600 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Jumladan, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 million 500 ming, qishloq xo‘jaligi uchun 4 million 875 ming, chorvachilikka 1 million 522 ming, baliqchilik rivojiga 763 ming va boshqa sohalarga 2 million 590 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.