Xabar berganimizdek, shu kunlarda Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo xokkey federatsiyasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli musobaqada qit’aning 9 ta jamoasi “A” va “B” guruhlarga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi.
O‘zbekiston chim ustida xokkey terma jamasi Tailand, Shri-Lanka va Qozog‘iston bilan “A” guruhidan joy olgan. “B” guruhida esa Oman, Singapur, Bangladesh, Indoneziya va Hindiston jamoalari joylashgan.
O‘zbekiston chim ustida xokkey jamoasi ilk o‘yinni Shri-Lankaga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz tarzda o‘tgan o‘yinda Shri-Lanka vakillari 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Vakillarimiz joy olgan guruhda Tailandni 6:0 hisobida dog‘da qoldirgan qozog‘istonlik atletlar jamoasi yetakchilik qilmoqda. Terma jamoamiz a’zolari bugun Tailand bilan, 17 mart kuni esa Qozog‘iston bilan bahslashadi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalarning o‘z guruhlarida egallagan o‘rinlariga ko‘ra, 19-20 mart kunlari 5-8-o‘rinlar uchun hamda guruhlarida peshqadamlikni egallagan 4 ta jamoa uchun yarim final hamda final bahslari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA