English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
CHIM USTIDA XOKKEY: MOQ rahbari “O‘zkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
13:33 / 2020-12-09

O‘zbekiston Milliy olimpiya matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘mita raisi Rustam Shoabdurahmonov chim ustida xokkey sportini rivojlantirishga mas’ul etib belgilangan “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyati Boshqaruvi raisi Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining 2021 yilgi moliyaviy xarajatlarini ko‘rib chiqish, terma jamoa a’zolarining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligiga e’tibor qaratish, yurtimizda ushbu sport turi ommaviyligini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda ushbu sport turini yanada rivojlantirish, galdagi xalqaro musobaqalarda vakillarimizning munosib ishtiroki uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlar murabbiy va sportchilar ishtirokida ko‘rib chiqilishi va ijrosi yuzasidan kelishib olindi.