Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chim ustida xokkey: “Central Asia Championship”da jamoalarimiz kumush medalni qo‘lga kiritdi
13:05 / 2025-10-18

Poytaxtimizda bunyod etilib, faoliyatini boshlagan “Olimpiya shaharchasi” qisqa fursatda xalqaro musobaqalar markaziga aylanmoqda.

Kuni kecha chim ustida xokkey bo‘yicha poyoniga yetgan “Central Asia Championship” turniri sportchilarga chinakam olimpiya kayfiyatini tortiq etgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida qatnashgan Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasi raisi o‘rinbosari Zohid Ali shaharchadagi muhit, musobaqa maydonchalari, hakamlar uchun yaratilgan sharoitlar, tabiat bilan uyg‘unlik xalqaro talablar asosida ekanini e’tirof etdi.

Bevosita o‘yinlar sarhisobiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashdi. Biroq, hal qiluvchi final o‘yinida yigitlarimiz Qozog‘iston jamoasiga, qizlarimiz esa Indoneziya chim ustida xokkeychilariga imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan kifoyalandi.

Erkaklar bahsida uchinchi o‘rin Hong Kong jamoasiga tegishli bo‘ldi.

Ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda 3-o‘rinni Qozog‘iston vakillari qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA