CHIM USTIDA XOKKEY: Buxoroliklar O‘zbekiston Kubogi sohibi
Buxoro viloyati mezbonlik qilgan chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari yakunlandi.
Mazkur musobaqada respublikamizning 6 ta viloyatidan kuchli xokkeychilar birinchilik uchun kurash olib borishdi. Jumladan, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Andijon hamda mezbon jamoa buxorolik qizlar ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Buxoro viloyati qizlari O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishdi. Ular, xorazmlik qizlarni 2:0 hamda Namangandan tashrif buyurgan tengdoshlarini 3:0 hisobi bilan mag‘lub etgan holda kubokni boshlari uzra ko‘tarishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, buxoroliklar 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Xorazm viloyati termasiga nasib etdi hamda 3-o‘rinni samarqandlik qizlar egallashdi.

Oybek YUNUSOV, O‘zA