Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chim ustida xokkey bo‘yicha mamlakat kubogi bahslaridan fotoreportaj
18:48 / 2025-07-18

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Kubok bahslarida 6 ta jamoa ishtirok etyapti: Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyati, Toshkent shahri.

[gallery-24371]

Bugun 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent viloyati Namangan jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Andijon va Toshkent shahri uchrashuvida 5:0 hisobi qayd etildi. Sirdaryo hamda Navoiy jamoalari o‘yinida sirdaryoliklarning qo‘li baland keldi. Ular navoiylik tengdoshlarini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekiston kubogi bahslari 20 iyulga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA